Toshkentda yo‘l yopilishi ortidan qator avtobus yo‘nalishida o‘zgarish bo‘ldi
Jamiyat
−
04 mart 2020 5978 1 daqiqa
Yashnobod tumani Parkent va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasidagi uch qavatli ko‘prik qurilishi ishlarini jadallashtirish va ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 3 mart soat 23:00 dan 13 martga qadar Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasining Parkent va Pahlavon Mahmud ko‘chalari oralig‘idagi qismi vaqtincha yopildi.
Shu munosabat bilan mazkur hudud orqali harakatlanuvchi ba’zi avtobus yo‘nalishlarida ham o‘zgarish bo‘ldi.
“Toshshahartransxizmat” AJning ma’lum qilishicha, 44, 95, 110, 119, 129, 152-avtobus yo‘nalashlarida qatnovchi avtobuslar o‘z harakatini 13 martga qadar Parakent, Temur Malik, Do‘rmon yo‘li, G‘azalkent, Oltintepa va yana Parkent ko‘chalari orqali davom ettiradi.
18, 23, 30-avtobus yo‘nalishlari esa Parkent, Qorasuv, Alimkent, Elbek, Pahlavon Mahmud, Mahtumquli ko‘chalari orqali qatnaydi. Mazkur yo‘nalishlardagi avtobuslar harakati vaziyatga qarab yana o‘zgartirilishi mumkin.

Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025