Toshkentda yangi avtobuslar berilishi uchun haydovchilardan pul talab qilinyaptimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentga keltirilgan yangi avtobuslar berilishi uchun haydovchilardan 150-200 AQSH dollari pul talab qilinayotgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, Prezidentning "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan xarid qilinayotgan yangi Yutong va King Long rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobuslarni haydovchilarga biriktirish bo‘yicha maxsus buyruq qabul qilingan. Ushbu buyruqqa asosan "Haydovchilarni ishga qabul qilish hamda ularni avtobus va elektrobuslarga biriktirish bo‘yicha nizom" tasdiqlangan.

Ma’lum qilinishicha, yuqoridagi nizom asosida avtobus saroyi filiallarining har birida haydovchilarni yangi avtobus va elektrobuslarga biriktirishda ochiq suhbat o‘tkazilib, suhbat jarayonlari onlayn video tasvirga olib borilmoqda. 

Urg‘ulanishicha, bunda haydovchining so‘nggi uch yil mobaynida sodir etgan qoidabuzarliklari va yo‘l-transport hodisalari, muqaddam boshqargan transport vositalarining ta’mirlash ishlarida faolligi hamda haydovchi tomonidan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan yoki yo‘qligi inobatga olingan holda haydovchilar yangi xarid qilinayotgan avtobuslarga biriktirilmoqda.

"Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan faktlarga asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

yangi avtobuslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar