Toshkentda temiryo‘lchi kanalda oqib ketayotgan qizni qutqarib qoldi
Jamiyat
−
10 iyun 6137 1 daqiqa
Toshkentdagi temiryo‘l korxonasi xodimi Sergeli tumanida kanalda oqib ketayotgan qizini qutqarib qoldi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar qildi.
Hodisa kecha, 9 iyun kuni sodir bo‘lgan. “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali tarkibidagi Toshkent temiryo‘l masofasi korxonasining 20-sex mexanizatsiyalashgan brigadasi temiryo‘l sozlovchisi A’zam Ibrohimov Sergeli tumani hududidan o‘tuvchi Qorasuv kanali atrofida ish olib borgan. O‘sha vaqtda kanalda oqib ketayotgan va yordam so‘rab chaqiriq qilayotgan ikki nafar qizchani ko‘rib qolgan. Voqea joyida temiryo‘lchi darhol kanalga tushib, kuchli oqim ta’sirida xavfli vaziyatga tushib qolgan qizni qutqarib qolgan.
A’zam Ibrohimov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan tashakkurnoma, esdalik sovg‘asi va pul mukofoti bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi “Katta Namangan” kanalida cho‘kib ketayotgan 3 yoshli bola Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi tomonidan qutqarib qolingandi.
Live
Barchasi