Toshkentda Spark va Matiz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Chilonzor tumanida Spark va Matiz ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning 4 may kuni soat 12:50 lar atrofida Chilonzor tumani KHAY ko‘chasi 104-uy qarshisida 2 ta avtomashina ishtirokida YTH yuz bergan. 2003 yilda tug‘ilgan A.Yu. boshqaruvida bo‘lgan Spark 1985 yilda tug‘ilgan J.Y. boshqaruvida bo‘lgan Matiz bilan to‘qnashgan.

"YTH oqibatida Spark avtomashinasi haydovchisi tan jarohati olgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtda Tesla va Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Spark va Matiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made