Toshkentda nosoz avtobusni yo‘nalishga chiqargan mexanik ishdan olindi
3-sahifa
−
31 yanvar 2023 6570 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida texnik nosoz holatda yo‘lga chiqqan avtobus ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” izoh berdi.
Qayd etilishicha, shahardagi “7-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi, MAN rusumli 94-sonli avtobus haydovchisi Sh.Sh. o‘ziga biriktirilgan avtobusni orqa oynasini ehtiyotsizlik oqibatida sindirib olgan.
Oqibatda o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgani va avtobusni nosoz holatda yo‘nalishga chiqargani uchun navbatchi mexanik Sh.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Bundan tashqari “7-Avtobus saroyi” bosh muhandisiga xayfsan intizomiy chorasi ko‘rilgan.
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan “7-Avtobus saroyi” filiali mutasaddi rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda barcha ishchi xodimlarga navbatdan tashqari yo‘riqnoma o‘tkazildi. Yo‘lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o‘z manzillariga sog‘-omon yetkazib qo‘yish eng oliy maqsadimiz ekanligi yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 yanvar kuni Prezident huzurida jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda mazkur sohadagi bir qancha muammolar tanqid qilinib, kerakli topshiriqlar berildi.
Live
Barchasi