Toshkentda Nexia Matiz’ga urilib, kafega kirib ketdi (video)
Jamiyat
−
22 Oktabr 2025 6471 1 daqiqa
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 yuqori tezlikda Matiz’ga urilib, kafega kirib ketdi. Bu haqda shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 21 oktyabr kuni soat 15:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza ko‘chasida sodir bo‘lgan. Avtohalokat oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Nexia-3 da bo‘lgan bola avtomobilni uydan yashirincha olib chiqqan. Uning akasi hodisa uchun barchadan uzr so‘radi va bundan pushaymon ekanini bildirdi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida uchta mashina to‘qnashib ketishi oqibatida haydovchilar va bir yo‘lovchi jabrlangandi.
Live
Barchasi