Toshkentda mast haydovchi ayol piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi
Jamiyat
−
25 iyun 2019
4606Kecha, 24 iyun kuni taxminan soat 3:50da Yashnobod tumanidagi Mirzo Ulug‘bek – Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida piyoda o‘limiga sabab bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
IIBB xabariga ko‘ra, Nissan Maxima rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli ayol T.T. piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab o‘tib ketayotgan 27 yoshli B.K.ni urib yuborgan. Hodisa natijasida piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
YTHning sodir bo‘lishiga ayol haydovchining mast holatda bo‘la turib, avtomobilda katta tezlikda harakatlangani sabab bo‘lgani aytilmoqda.