Toshkentda maktab o‘quvchisi pichoqlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari o‘zaro janjallashganiga oid xabarlar tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 11 sentyabr kuni taxminan soat 22:30 larda Mirobod tumani, Qo‘yliq mavzesi 2-uy oldida 2005 yilda tug‘ilgan B.F. o‘zining tanishi, 2005 yilda tug‘ilgan J.E. bilan ketayotgan vaqtida o‘ziga notanish yigitlar bilan og‘zaki tortishib qolgan. Shundan so‘ng, B.F. hamda E.X. voyaga yetmagan, 2008 yilda tug‘ilgan Sh.O. bilan o‘zaro urushib ketgan. Janjal vaqtida B.F. voyaga yetmagan Sh.O.ga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Sh.O. shifoxonaga yotqizilgan, uning sog‘lig‘i hozirda shifokorlar nazoratida. 

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 18 yoshli yigit akasiga tegishli Malibuʼda 11-sinf o‘quvchisini urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bezorilik pichoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing