Toshkentda Lacetti gaz trubasiga borib urildi (video)
3-sahifa
−
06 may 6254 1 daqiqa
Bugun, 6 may kuni Toshkent shahrining Yakkasoroy tumanida Lacetti mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, gaz trubasiga borib urildi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 03:50 larda Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasida Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, gaz trubasiga urilishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida transport vositasi haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Cobalt yo‘l-transport hodisasiga uchrab, ag‘darilib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi