Toshkentda qariyb 400 kishida koronavirus aniqlandi. 3 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
13 yanvar 2022 5374 2 daqiqa
Kecha, 12 yanvar kuni O‘zbekistonda 714 kishida koronavirus aniqlandi. Ushbu kasallikka chalinganlar 202473 nafardan oshdi. Shuningdek, kechaning o‘zida yana 3 bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 11 nafari Andijon viloyatida;
• 6 nafari Buxoro viloyatida;
• 51 nafari Jizzax viloyatida;
• 29 nafari Qashqadaryo viloyatida;
• 4 nafari Navoiy viloyatida;
• 9 nafari Namangan viloyatida;
• 39 nafari Samarqand viloyatida;
• 12 nafari Sirdaryo viloyatida;
• 6 nafari Surxondaryo viloyatida;
• 14 nafari Farg‘ona viloyatida;
• 25 nafari Xorazm viloyatida;
• 109 nafari Toshkent viloyatida;
• 387 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar;
• Andijon viloyatida 12 nafar;
• Buxoro viloyatida 4 nafar;
• Jizzax viloyatida 26 nafar;
• Qashqadaryo viloyatida 20 nafar;
• Navoiy viloyatida 2 nafar;
• Namangan viloyatida 1 nafar;
• Samarqand viloyatida 21 nafar;
• Sirdaryo viloyatida 11 nafar;
• Farg‘ona viloyatida 13 nafar;
• Xorazm viloyatida 15 nafar;
• Toshkent viloyatida 31 nafar;
• Toshkent shahrida 68 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197703 (+228) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1508 nafarni tashkil qildi.
Live
Barchasi