Toshkentda “ID karta”si bor haydovchilardan ayrim hujjatlar so‘ralmaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkentda «ID karta»si mavjud bo‘lgan haydovchilarning hujjati onlayn tekshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 19 maydan boshlab Toshkent shahrida “ID karta”lari mavjud bo‘lgan haydovchilardan notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma, texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot, avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga, ya’ni qoraytirishga ruxsatnoma “ID karta” yordamida tekshirish amaliyoti sinov tariqasida joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 271-son qarorida 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab haydovchilardan avtomototransport vositasini boshqarish uchun notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma, texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot, avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga, ya’ni qoraytirishga ruxsatnoma elektron shaklga o‘tkazish orqali mazkur hujjatlarni avtomototransport vositasi haydovchisidan talab etish tartibi bekor qilinishi belgilab qo‘yildi.

Yuqoridagi topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan “e-Protokol” axborot tizimi takomillashtirilib, yo‘l patrul xodimlariga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan planshetlar yordamida “ID karta”ni o‘qish orqali fuqaroning egaligida mavjud bo‘lgan avtotransport vositalari, notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma, texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumot, avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga, ya’ni qoraytirishga ruxsatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

“ID karta” orqali tekshirilganda, ma’lumotlar aniqlanmagan yoki tizimda uzilishlar bo‘lgan holatlarda  barcha haydovchilardan inspektorga ushbu hujjatlarni aslini taqdim etishilari, shuningdek vaziyatni to‘g‘ri tushunishlari so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

174

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing