Toshkentda fuqarolarni AQSH va Koreyaga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
06 Oktabr 2023 4062 1 daqiqa
Toshkent shahrida bir necha fuqarolarni AQSH va Koreyaga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda X.I. ismli shaxs fuqarolar – M.A., B.S. va A.A.ning ishonchiga kirib, ularni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Turkiya orqali AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan. U "qarmog‘iga tushganlar"dan 46 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Chilonzor tumanida H.R. ismli shaxs fuqaro D.A.ga tanishlari orqali Koreyaga borish uchun viza olib berish va ishga yuborishi evaziga 1 200 AQSH dollarini olgan paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqandda fuqaroni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlangandi.
Live
Barchasi