Toshkentda eski avtomobillarni trade-in orqali yangilash tizimi joriy etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2010 yilgacha ishlab chiqarilgan va ekologik talablarga to‘liq javob bermaydigan avtomobillarni trade-in orqali yangilash mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kecha, 24 noyabr kuni qabul qilingan “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.

Farmonda Toshkent shahrida transportdan chiqadigan zararli moddalar hajmini qisqartirish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar belgilangan.

Shu maqsadda “O‘zavtosanoat” AJ hamda tegishli idoralarga poytaxtda foydalanilayotgan, ekologik me’yorlarga javob bermaydigan va 2010 yilgacha ishlab chiqarilgan avtomobillarni bosqichma-bosqich yangilashga qaratilgan trade-in tizimini joriy etish vazifasi yuklatilmoqda. 

Mazkur tizim joriy etilishi natijasida poytaxt ko‘chalarida yillar davomida harakatlangan, atrof-muhitga ko‘proq zarar yetkazadigan eski avtomobillar o‘rnini yangi avlod, ekologik toza transport vositalari egallay boshlaydi. Bu nafaqat haydovchilarga o‘z mashinasini yangilash uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi, balki Toshkent osmonini tutun pardasidan xalos etib, shahar havosini yanada musaffo va sog‘lom qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 4 sentyabr kuni qabul qilingan “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan avtomobillardan atmosferaga chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish bo‘yicha “Ekologik transport” tizimini joriy etish muddati 2026 yil 1 yanvarga qadar o‘zgartirilgandi. Shundan boshlab zararlilik darajasiga qarab avtomobillarga yashil, sariq yoki qizil stiker beriladi.

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent avtomobillar trade-in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing