Toshkentda Buyuk Britaniya universitetlaridan biri ochiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Britaniya menejment universiteti tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 8 may kuni qabul qilingan “Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish to‘g‘risida” Hukumat qarorida so‘z boradi.

Qarorga muvofiq, universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari hamda ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, universitetda dastlabki bosqichda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilinadi:

- “Loyihalarni boshqarish”;
- “Logistika va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish”;
- “Tadbirkorlik va innovatsiyalar”;
- “Xalqaro elektron tijorat”;
- “Raqamli iqtisodiyot”.

Universitetda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi hamda bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

124

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing