Toshkentda Bolalar onkologiya va gematologiya markazini suv bosdi

3-sahifa

image

Kecha, 3 may kuni Toshkent shahrida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik ortidan Chilonzor tumani Arnasoy ko‘chasida joylashgan Bolalar onkologiya va gemotologiya markazi hududiga yomg‘ir suvlari oqib tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumani FVB boshlig‘i voqea joyiga yetib borib, vaziyat nazoratga olingan.  Maxsus texnikalar va markaz ishchi xodimlari yordamida vaziyat oqibatlari soat 21:00 larda to‘liq bartaraf etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida 90 dan ortiq uyni suv bosgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bolalar onkologiya va gematologiya markazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing