Toshkentda avtobus yengil avtomobil sabab ustunga urildi. Jarohatlanganlar bor

Jamiyat

image

Kecha, 6 fevral kuni Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. YTHda ikki yo‘lovchi jarohatlandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy ma’lumot berdi.

YTH 6 fevral kuni ertalab soat 06:37 atrofida Yangihayot tumani hududidagi Yangi katta halqa avtomobil yo‘lida yuz bergan. “12-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01 125 BDA bo‘lgan 59-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi Isuzu rusumli avtobus haydovchisi X.Yo (1966 yilda tug‘ilgan, staji 33 yil) harakatlanib borayotgan vaqtda, “Simma” mehmonxonasi qarshisida yengil avtomobil siqib ketishi natijasida yo‘l chetiga chiqib ketgan va old yon tomoni bilan ustunga borib urilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu YTH oqibatida ikki nafar yo‘lovchi yengil tan jaroxati olgan, shuningdek, jabrlangan yo‘lovchilar shifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda, mazkur YTH Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan hamda “Toshshahartransxizmat” AJning Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi xodimlari tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

278

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing