Toshkentda avariya! Ikki tumanda elektr uzildi
Jamiyat
−
06 dekabr 2019 7802 1 daqiqa
Kecha, 5 dekabr kuni soat 21:15 da Yashnobod tumanida joylashgan “Vodil” podstansiyasidagi 35 kVtli elektr ta’minoti tarmog‘ida avariya sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Natijada Mirzo Ulug‘bek tumani hududidagi Parkent mavzesi, Muhammad Yusuf, Poshshabog‘, Xirmontepa, Orol ko‘chalari, shuningdek, Yashnobod tumani hududidagi Moyqo‘rg‘on, Oltintopgan va M.Riyoziy ko‘chalarida elektr energiyasi ta’minotida uzilish yuzaga keldi.
Ta’kidlanishicha, mazkur elektr tizimidagi avariyani bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Jarayonga kerakli texnikalar va mutaxassislar jalb etilgan.
“Tonggi soat 4:0da mazkur ko‘chalardagi elektr tizimi to‘liq ishga tushiriladi. Hurmatli hamshaharlar! Sizlardan, elektr tizimida yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!”, deyiladi hokimlik xabarida.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr