Toshkentda 13 yoshli o‘g‘liga rulga o‘tirishga ruxsat bergan ota jazolandi
3-sahifa
−
27 fevral 2025 7355 1 daqiqa
Toshkent viloyatida 13 yoshli farzandiga avtomobil boshqarishni topshirgan otaga tegishli chora ko‘rildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xabar berdi.
Bildirilishicha, 2012 yilda tug‘ilgan bolaga rulga o‘tirishga ruxsat bergan Li L9 avtomobili egasining shaxsi aniqlangan. Ota o‘g‘liga avtomobil boshqarishga rozilik bergan, shuningdek, u sodir bo‘layotgan voqealarni kameraga shaxsan o‘zi tasvirga olgan va keyin videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
“Avtotransport egasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan va Li L9 vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 19 yoshli haydovchi piyodani urib yuborgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust