Toshkent viloyatida suv ta’minoti bosh muhandisi $900 pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida tadbirkordan 900 AQSH dollar talab qilgan “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Olmaliq shahar bo‘limi bosh muhandisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Olmaliq shahar bo‘limi bosh muhandisi U.U. tadbirkor X.dan “O.” nomli bog‘dorchilik- uzumchilik shirkatiga qarashli hududda teri mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish sexi uchun suv quvurini o‘tkazishga texnik shart va loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 900 dollar pora talab qilgan. 

U.U. tadbirkordan milliy valyuta hisobida 9,8 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing