Toshkent viloyatida 19 yashar yigit voyaga yetmagan qizni zo‘rlab kelgani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi 19 yoshli yigit 10 kun davomida voyaga yetmagan qizni kimsasiz uyda saqlab, uni o‘zi bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgani aytilmoqda. Bu haqda “Sukut saqlama” (“Nemolchi.uz”) loyihasi xabar berdi.

Loyiha bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2004 yilda tug‘ilgan S.H. joriy yilning 15 aprelidan 24 apreligacha voyaga yetmagan qizni hech kim yashamagan uyda ushlab, jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan. Jinsiy aloqada bo‘lish jarayonini telefoni orqali videoga olib, undan 200 AQSH dollari talab qilgan hamda qiz jinsiy aloqada bo‘lishga qarshilik ko‘rsatgan taqdirda videoni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib kelgan.

Oradan biroz vaqt o‘tib, qiz huquqni himoya qilish organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, 2 may kuni yigit videoni tarqatmaslik uchun qizdan 2 million so‘m olgan va uni yana o‘sha bo‘sh turgan uyga olib ketgan. U yerda jinsiy aloqada bo‘lish arafasida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, qizdan olingan 2 million so‘m pul mablag‘lari bayonnoma asosida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida S.H. ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan. Unga Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) va 119-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblov e’lon qilingan. Yangiyo‘l shahar prokurori S.H. tomonidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgani, uni boshqa jinoyat sodir etishining oldini olish, dastlabki tergov va sudga kelishdan bo‘yin tovlashi mumkinligini nazarda tutib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni so‘ragan.

Mazkur iltimosnoma bo‘yicha sud majlisi 3 may kuni ayblanuvchi va uning himoyachisi iltimosnomaga e’tiroz bildirib, uni rad qilishni va boshqa yengilroq turdagi ehtiyot chorasini qo‘llashni so‘ragan. Ammo sudya ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, u O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining 1-son tergov hibsxonasiga joylashtirilishini ajrim qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Yangiyo'l zo'rlov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing