Toshkent viloyatida 14 mingdan ortiq xonadon 3 kun gazsiz qoladi
Jamiyat
−
28 iyun 2021 10966 1 daqiqa
Joriy yilning 28 iyunidan 30 iyuniga qadar Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi 21 ta mahalla fuqarolar yig‘inida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Oqqo‘rg‘on tumanida 2021-2022 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, yuqori va o‘rta bosimli gaz quvurlarini zichlikka sinash ishlarini olib boriladi.
Shu bois joriy yilning 28 iyun soat 08:00dan 30 iyun kuni soat 17:00ga qadar, Oqqo‘rg‘on tumanining jami 21 ta MFYdagi tabiiy gazdan foydalanayotgan 14106 aholi xonadonlarida va 186 ta ulgurji tashkilotlarida tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Diyora Abdurahmonova
Live
Barchasi