Toshkent metropoliteni 2022 yilda Rossiyadan yana 14ta yangi poyezd sotib oladi

Jamiyat

image

Toshkent metropoliteniga 2022 yilda Rossiyadan 14 ta harakat tarkibi sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK ma’muriyati xabar berdi.

Ma’muriyat Toshkent metropoliteni yo‘nalishlari kengayganligi bu orqali yo‘lovchilar soni kundan kunga ortib borayotgani sababli metro bekatlarida tirbandliklar yuzaga kelayotganini tan olgan.

Qayd etilishicha, bu muammoni hal qilish uchun “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan tirbandliklarni oldini olish, yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida, shu kunga qadar, Rossiya Federatsiyasining “Metrovagonmash” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy 60 ta vagondan iborat 15 ta harakat tarkibi olib kelingan.

Bundan tashqari, yo‘lovchilar qatnovi tig‘iz bo‘lgan vaqtlarda poyezdlar harakatidagi oraliq vaqt intervallari “Chilonzor” yo‘nalishida 3 daqiqagacha, “O‘zbekiston” yo‘nalishida yesa 4 daqiqagacha, “Yunusobod” yo‘nalishida yesa 7 daqiqani tashkil etmoqda.

“Ushbu muammoni hal yetish borasida ham bir qancha masalalar ko‘rilmoqda. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, 2022 yilda 14 ta harakat tarkibi harid qilinishi nazarda tutilgan”, deyiladi DUK xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

31

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing