Toshkent xalqaro aeroportidagi reyslar vaqti o‘zgarishi mumkin

Jamiyat

image

Qorli ob-havo sabab Toshkent xalqaro aeroportidagi reyslar vaqti o‘zgarishi mumkin. Bu haqda “Uzbekistan Airways line” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri Xalqaro aeroportidagi ob-havo sharoiti (qor yog‘ishi) munosabati bilan reyslarning uchib ketish vaqtida biroz o‘zgarishlar kutilmoqda. Mumkin bo‘lgan qisqa muddatli kechikishlar parvozlar dasturini bajarish uchun qo‘shimcha parvozoldi muolajalarini o‘tkazish (havo kemalariga muzlashga qarshi ishlov berish) zaruriyati bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, parvozlar jadvalidagi o‘zgarishlar aeroportda yo‘lovchilar uchun parvozoldi jarayonlaridan o‘tish vaqtiga ta’sir qilmaydi, ular belgilangan vaqt me’yorlari va qoidalariga muvofiq bajarilishda davom etadi.

“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va vaziyatni to‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdan Saudiya Arabistoniga uchayotgan reys ortga qaytib kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent aeroport reys

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing