Toshkent aeroportiga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat
−
22 dekabr 2022 11805 1 daqiqa
“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi buyrug‘i bilan Gaipov Shukurjon Umarovich 2022 yil 21 dekabrdan boshlab “Toshkent” xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi qarori bilan aeroport direktori lavozimini tark etgan Mirzohid Tursunov o‘rnini egalladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Shukurjon Gaipov Toshkent aeroportida havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limida muhandis sifatida boshlagan. 2018 yildan hozirgacha “Toshkent-1” hukumat terminali rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan Airports” AJ respublikaning 11 ta xalqaro aeroporti boshqaruvini amalga oshiruvchi kompaniya hisoblanadi.
Sohiba Komilovna
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025