Toshkentda aholi muammolarini qabul qilish uchun onlayn platforma ishga tushirildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi aholi shahar infratuzilmasi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish sohasidagi muammolar to‘g‘risida murojaat qilishlari mumkin bo‘lgan Xalq nazorati xizmatini ishga tushirdi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun dastlabki ma’lumotlarni kiritish va pasportni skanerdan o‘tkazish zarur. Bu smartfon orqali avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Murojaat uch bosqichda amalga oshiriladi: muammo mavzusi va toifasi tanlanadi, keyin muammoga ta’rif beriladi (fotosuratlarni ham ilova qilish mumkin) va manzilni ko‘rsatish yoki xaritadan lokatsiyani belgilash shart.

Murojaat to‘g‘ridan to‘g‘ri mas’ul ijrochiga yuboriladi. Foydalanuvchilar bartaraf etilgan muammo yuzasidan ijrochiga baho berishlari, boshqa ijrochilarning umumiy reytingi bilan tanishishlari mumkin. 

Shuningdek, interaktiv platformadagi chat orqali murojaat bo‘yicha muloqot qilishlari mumkin.

Xizmatdan saytAndroid yoki iOS ilovalari orqali foydalanish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent aholi murojaati

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing