Toshkent havo iflosligi bo‘yicha dunyoda yana birinchi o‘ringa chiqdi
Jamiyat
−
30 Yanvar 4923 1 daqiqa
Bugun, 30 yanvar kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 1-o‘ringa chiqdi. Bu haqda IQAir portali ma’lumotlarida keltirilgan.

Soat 11:00 holatiga ko‘ra, Toshkent havosida mayda PM 2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 184.5 mkg/m kubni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, bunday ob-havo sharoitida aholidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik, surunkali nafas olish yo‘llari kasalliklariga chalingan fuqarolar tibbiy niqoblardan foydalanishi tavsiya qilinadi.

Ko‘chadan uyga kirgandan keyin yaxshilab yuz-qo‘llarni yuvish, xonada chang to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik, eshik va derazalarni mahkam yopish va kuniga bir necha marta yaxshilab nam latta bilan tozalash kerak.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr