Tomas Tuxel diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
Sport
−
15 iyul 3683 1 daqiqa
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel FIFA tomonidan 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin kuchga kiradigan ehtimoliy diskvalifikatsiyaga duch kelishi mumkin. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, FIFA turnir davomida rasmiy shaxslar faoliyatini ochiqchasiga tanqid qilgan bir qator futbolchilar va murabbiylarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llashni rejalashtirmoqda. Xalqaro federatsiya hakamlarga bo‘ladigan bosimni kamaytirish maqsadida o‘z musobaqalarida belgilangan jazolarni keyingi rasmiy uchrashuvlarga ham tatbiq etish mexanizmini joriy etmoqchi.
Tuxelga nisbatan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan chora 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/8 finalida Meksikaga qarshi kechgan va Angliyaning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvdan keyingi bayonotlari bilan bog‘liq.
Germaniyalik mutaxassis himoyachi Jarrell Kuansaning VAR aralashuvidan keyin maydondan chetlatilgani hamda bosh hakam Alireza Fag‘oniyning qarorlarini keskin tanqid qilgan edi.
Agar FIFA hakamlar hisobotiga tayanib jazoni tasdiqlasa, Tomas Tuxelning diskvalifikatsiyasi 2026 yil kuzidan kuchga kiradi. Bu esa Angliya terma jamoasining UEFA Millatlar ligasi uchrashuvlari yoki kelgusi yirik turnirlar saralash bosqichidagi ishtirokida uning jamoadan chetda qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Hussam Hasan ham Argentina bilan uchrashuvdan so‘ng hakamlarni keskin tanqid qilgandi.
Live
Barchasi