Togg ilk elektrolimuzinini taqdim qildi (video)

Olam

image

Turkiya o‘zining birinchi mahalliy elektr avtomobili – Togg T10X asosida ishlab chiqilgan limuzin versiyasini taqdim etdi. Maxsus yig‘ilgan limuzin kecha, 28 oktyabr kuni ilk bor jamoatchilikka namoyish etilgan va mashina mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni Turkiya Qurolli kuchlari uchun ishlab chiqilgan Altay asosiy jangovar tanklarini topshirish marosimiga olib borgan. Bu haqda “Daily Sabah” xabar berdi.

“Uzaytirilgan shassiga ega Togg o‘zining cho‘zilgan korpusi, yon eshiklarning yo‘qligi, hamda ko‘k rangli oynalardagi qopqoqlari va kunduzgi chiroqning bezaklari bilan e’tibor qozondi”, deyiladi xabarda.

Bu avtomobil Togg muhandislari tomonidan yagona prototip sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, to‘rt qator o‘rindiq va butun tomni qoplagan panoramali shisha tom bilan jihozlangan. Salon keng va limuzin uslubida bezatilgan.

Avtomobilning old qismida, elektr motor joylashgan kapot ustida Prezident muhri o‘rnatilgan.

Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, uzaytirilgan Togg modeli ommaviy ishlab chiqarish yoki savdo uchun mo‘ljallanmagan. U zavodga tashrif buyuruvchilar va maxsus namoyishlar uchun ishlab chiqilgan. 

Qayd etish joiz, bunday hashamatli limuzinlari dunyoda kam uchraydi. Odatda AQSH va BAAda Hummer kabi mashinalarning “cho‘zilgan” shassili variantlari tantanali yoki maxsus marosimlarda ishlatiladi.

Ma’lumot uchun, Togg kompaniyasi BMC, Zorlu Holding, Anadolu Group, Turkcell va TOBB (Turkiya Savdo-sanoat palatalari ittifoqi) kabi yirik guruhlar konsorsiumi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. T10X’ning ommaviy ishlab chiqarilishi 2022 yilda boshlangan, 2023 yil mart oyida buyurtmalar qabul qilinib, bir oy o‘tib yetkazib berishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning aprel oyida Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Turkiyada ishlab chiqarilayotgan ilk milliy avtomobil –  Togg elektrokarini sovg‘a qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Togg T10X elektr avtomobil elektrolimuzin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar