Terrorchilar Markaziy Osiyoda hokimiyatni egallash niyatida – Rossiya FXX direktori
Olam
−
12 Oktabr 2023
22727Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) direktori Aleksandr Bortnikov Xavfsizlik va maxsus xizmatlar yig‘ilishida terrorchilarning ustuvor maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarida hokimiyatni qo‘lga kiritish ekanini aytdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Unga ko‘ra, birinchi navbatda Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston xavf ostida.
“Biz ISHID'ning Xuroson bo‘limi bilan hamkorlikda nazorat ostidagi guruhlarni tayyorlash va moddiy-texnik ta’minlashda faol ishtirok etayotgan “Al-Qoida”ning roli oshganini aytmoqchimiz”, deydi Bortnikov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda “Al-Qoida”da 1,5 mingdan ortiq jangari bo‘lib, u Afg‘onistonning 20 dan ortiq viloyatlarida, asosan, mamlakat janubi-sharqida eng faol.
"Yaqin kelajakda ular Afg‘onistondan tashqarida terrorchilik hujumlarini amalga oshirish salohiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Terrorchilarning ustuvor maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarida, birinchi navbatda Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistonda hokimiyatni qo‘lga kiritishdir”, deya ogohlantirgan FXX direktori.