Termizda 3 abituriyent imtihonga yetib bormay, YTHga uchradi

3-sahifa

image

Kecha, 2 sentyabr kuni Surxondaryoda test sinovlariga ketayotgan uch nafar abituriyent qiz imtihonga yetib bormay, yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Termiz tumanidan Termiz shahri tomon harakatlanib kelayotgan Nexia-2 avtomobili tezlikni me’yoridan oshirib, yo‘l-tansport hodisasiga uchragan. Avtomobil ichida uch nafar abituriyent qiz bo‘lgan. Qizlarning barchasi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. 

Nexia haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirgan. U quvib o‘tish qoidalarini buzish ortidan boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetiga chiqib ketgan.

Ushbu hodisaga guvohlik qilganlarning aytishicha, Nexia va Matiz avtomobillari bir-birini quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. Avtomobillar yon qismi bilan bir-biriga tekkanidan so‘ng, Nexia muvozanatni saqlay olmay, yo‘ldan chiqib ketgan.

Haydovchi imtihonga shoshgani sabab tezlikni belgilangan me’yordan oshirib, soatiga 90 km tezlikda harakatlangan va traktorni quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarga qulayliklar yaratish maqsadida har bir tuman miqyosida yo‘lovchi avtobuslari tashkil etilgan. Ushbu avtobuslar chekka hududlardan keluvchi abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan binolarga olib boradi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

281

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing