Termiz aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi
Jamiyat
−
09 mart 2023 5799 1 daqiqa
Bugun, 9 mart kuni Termiz xalqaro aeroportida ko‘rish masofasining qisqargani tufayli samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishga cheklovlar joriy etildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aeroport hududida ko‘rish masofasi 2000 metrni tashkil etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, noqulay ob-havo sababli “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning HY67 (Toshkent-Termiz) reysi ekipaji Qarshidagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan. Reysning Qarshi xalqaro aeroportiga yetib kelish vaqti mahalliy vaqt bilan 10:23 deb taxmin qilingan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr