Teleboshlovchi ruslashtirishga qarshi chiqdi

Olam

Ukrainalik teleboshlovchi Anton Muxarskiy Lvov shahri asta-sekinlik bilan ruslashib borayotganidan xavotirda. U mahalliy NTA telekanali efirida shu haqda aytib o‘tdi.

“Shaharliklar rus tilida gaplashyapti. Bu holat hududiy bo‘linish, Lvovda bu juda ommalashdi. Odamlar do‘konlar, kassa, xizmat ko‘rsatish sohasida menga ko‘p hollarda rus tilida murojaat qilishyapti, ko‘chalarda ham buni eshityapman”, dedi shoumen.

Muxarskiy erkin Ukrainada yosh avlodni ukrainlashtirish qo‘ldan boy berilganini buning asosiy sababi sifatida ko‘rsatdi. Shuningdek, Rossiya media mahsulotlarining o‘rning ham qayd etib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Anton Muxarskiy

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing