Teleboshlovchi Husnora Shodiyeva YPX xodimlarini onasidan haqorat qilganlikda ayblamoqda (video)
3-sahifa
−
17 aprel 48125 2 daqiqa
Teleboshlovchi Husnora Shodiyeva Toshkent shahrida yo‘l-patrul inspektori tomonidan haqoratlanganini iddao qilib chiqdi. U bu haqida o‘zining Instagram sahifasida yig‘lab videomurojaat qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, holat poytaxtning Nukus ko‘chasida yuzaga kelgan. Bo‘lib o‘tgan jarayon haqida gapirib berar ekan, Shodiyeva avtomobilida yo‘lning belgilangan qismida, to‘xtash belgisiga amal qilgan holda harakatlanish ishorasini kutib turganini aytgan. Shu payt YPX xodimi unga “ahmoq”, “yebanashka” deya baqirgan va onasidan haqorat qilganini aytmoqda teleboshlovchi.
Shundan so‘ng, Shodiyeva inspektordan nimaga bunday gapirayotgani va nega so‘kkanini so‘rash uchun ortiga qaytgan. Biroq, inspektor u kelgunicha ketib qolgan. Uning aytishicha, o‘sha atrofda xizmat olib borayotgan post-patrul xizmati xodimlari uni haqoratlagan xodimni yashirishga uringan.
“YPX xodimi ayol kishini haqoratlashga nima haqqi bor? Menga og‘ir botdi. Men qayrilib kelgunimcha u ketib qolibdi. Nima ayb qildim? Men bu hodisa bo‘yicha nima qilish kerakligini bilmayman. Hech qanaqa qoida buzganim yo‘q, lekin tushunmayapman: nega u meni haqoratladi?” degan u.
Shodiyeva, shuningdek, “O‘zbekistonda ayollarga nisbatan hech qanaqa zo‘ravonlik bo‘lmasligi uchun kurashilayotgan bir paytda YPX xodimlari bu shaklda ayol kishiga baqirishi va bemalol haqoratlashi mumkinmi?” deya poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasiga savol bilan yuzlangan.
“YPX xodimlari aslida fuqarolar uchun xizmat qilishi kerak. Men adolat bo‘lishini xohlayman. Men o‘sha joyda hamma YPX xodimlari turgan hududga bordim, ular bo‘lsa xuddi bir birini tanimaydigandek tutdi. Men bo‘lsa “mening o‘rnimda sizning ayolingiz, bolangiz, onangiz bo‘lsa, ularni so‘kishsa, shunaqa munosabatda bo‘larmidingiz, jim turarmidingiz?” deb so‘radim”, deydi u.
Husnora Shodiyeva YPX xodimlari bir-birining qilgan ishlarini yashirayotganidan shikoyat qilgan.
“Nima qilish mumkin? Ular bir-birinining “orqasini yopishyapti”. Butun O‘zbekistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash ketayotgan bir paytda bizning YPX xodimlarimiz shunchaki o‘tiradi va bemalol so‘kadi”, deydi teleboshlovchi.
Shodiyeva so‘zida davom etarkan, avtomobilida videokamera yo‘qligi, holatni yozib olish imkoni bo‘lmaganini bildirgan. Voqea bayon qilinganiga 18 soatdan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham Toshkent shahar IIBB, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati munosabat bildirgani yo‘q.
Live
Barchasi