“Taxtaqoracha”da avtomobillar harakati tiklandi
Jamiyat
−
14 dekabr 2021 4652 1 daqiqa
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi “Taxtaqoracha” dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Faqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tegishli tashkilotlarning xodimlari tomonidan olib borilgan zururiy tadbirlar natijasida soat 08:20 da “Taxtaqoracha” dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi.
Avvalroq “Taxtaqoracha” dovonida tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi bois, avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.
Live
Barchasi