Tailandga borayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

Tailand Qirolligi Tashqi ishlar vazirligi mamlakatga kirishning yangi tartibi joriy etilganini rasman ma’lum qildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, joriy yil 1 maydan boshlab, Tailand Qirolligiga kiruvchi barcha chet el fuqarolari Tailandga kirish kartasini (Thailand Digital Arrival Card, TDAC) mamalakatga yetib kelish sanasidan 3 kun oldin maxsus platforma orqali (https://tdac.immigration.go.th) olishi shart.

Shu munosabat bilan Tailandga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolarida Qirollikning mazkur qarorini hisobga olishlarini so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron viza olish imkonini yopib qo‘ygani xabar qilingandi. Saudiya rasmiylari hozircha bu borada rasman izoh bermagan. Ba’zi bir manbalarga ko‘ra, bu Haj mavsumida Haram hududiga noqonuniy kirishlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilgan vaqtinchalik chora bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand Qirolligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar