Tailand emlangan chet elliklar uchun karantin muddatini ikki baravarga qisqartiradi
Olam
−
08 mart 2021
1811Tailand Hukumati aprel oyining boshidan koronavirusga qarshi emlangan mamlakatga kelgan chet elliklar uchun majburiy karantin muddatini ikki baravar qisqartiradi. Ular hozirgi 14 kun o‘rniga 7 kunga izolyatsiyada bo‘ladi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Anutin Charnvirankul ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yengillik safar oldidan uch oydan kechiktirmay emlangan chet elliklarga amal qiladi. Ular COVID-19 uchun salbiy test natijasini ko‘rsatishi kerak.
Shu bilan birga, rasmiylar koronavirusga qarshi emlash jarayonini yakunlagan Tailand fuqarolariga chet elga chiqishga imkon beradigan hujjatlarni taqdim etishga qaror qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, emlanganlarning qirollikka kirishni ham osonlashtiradi: oktyabrdan boshlab ular uchun karantin butunlay bekor qilinishi mumkin.
O‘tgan hafta Tailand Turizm vazirligi mamlakatdagi kurortlarga, Pxuket, Krabi, Surat Tani, Chonburi va Chiang May kabi mintaqalarga kelgan sayohatchilar uchun karantin cheklovlarini yumshatishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Vazirlik sayyohlarni 14 kunlik karantin uchun mehmonxonalarga jo‘natishni rejalashtirayotganligini, ammo agar uch kundan keyin chet elliklar koronavirusning salbiy sinovidan o‘tsalar, ular o‘z xonalaridan chiqib ketishi mumkinligini ma’lum qildi.
LiveBarchasi