Tadbirkor hisob raqamida valyuta borligini birovga ko‘rsatishga qo‘rqardi – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 20 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, ayni paytda Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar oldida nutq so‘zlamoqda.

“Keyingi yillarda sizlar iqtisodiyotimiz va islohotlarimiz tayanchiga hamda lokomotiviga aylandingiz, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Siz kabi ishning ko‘zini biladigan, ishbilarmon yurtdoshlarimiz timsolida biz chin ma’nodagi Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini ko‘ramiz.

Mamlakatimizda har yili yaratilayotgan ish o‘rinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ularda hozirgi kunda 5 milliondan ziyod aholi, ayniqsa, yoshlarimiz mehnat qilmoqdalar. Agar biz iqtisodiyotimizni yanada yuksaltiramiz desak, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib berishimiz zarur”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari keyingi 3-4 yilda tadbirkor uchun kredit va subsidiya olish, litsenziya, ko‘chmas mulk va resurslarga ega bo‘lish, eksport kabi masalalarda ko‘plab yangi-yangi imkoniyat va sharoitlar yaratilganini ta’kidladi. 

“Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xomashyo bo‘yicha mavjud cheklovlar, to‘siq va g‘ovlarning ko‘piga barham berildi.

Eng asosiysi, el orasida va davlat idoralarida tadbirkorlarga nisbatan munosabat o‘zgardi, jamiyatda ularning obro‘ va mavqei kun sayin tobora ortib bormoqda. Natijada ichki va tashqi bozorda o‘z mustahkam o‘rniga, nufuzi va brendiga ega bo‘lgan, haqiqiy tadbirkorlarimiz sinfi shakllana boshladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident tadbirkorda qo‘rquv bo‘lganini, hisob raqamida valyuta borligini birovga ko‘rsatishga qo‘rqqan vaqtlar bo‘lganini ta’kidladi. 

“Faqat sizlar (tadbirkorlar) emas, jamiyat qo‘rqardi. 5 yil ichida 25 yil ichida olgan GSP+ olganimiz kichkina gap emas”, dedi Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, GSP+ tizimi Yevropa ittifoqiga 6200 ta tovarni imtiyozlar bilan (bojlarsiz) eksport qilish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing