Surxondaryoda ham inspektor voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgani aniqlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida inspektor voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy xususiyatga ega noqonuniy harakatlar sodir qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, sobiq Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi A.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi, 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 3-qismi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi bilan jinoyat ishi tergovi yakunlanib, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

“Boshqa shaxslarning ijtimoiy tarmoqlar orqali asossiz va tuhmatdan iborat, jamoatchilikni chalg‘ituvchi axborotni tarqatishi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinoyat sodir qilgan shaxsni javobgarlikdan qutulib qolishiga xizmat qilmaydi. Jazo muqarrarligi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, inspektor 14 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi inspektori qamoqqa olingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing