Surxondaryoda Spark ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
03 may
5686Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot kotibi Elnur Abrayev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Samarqand viloyati Urgut tumanida yashagan haydovchi Spark rusumli avtomobilida Camarqand–Denov yo‘nalishida harakatlanib ketayotganida mashinaning o‘ng oldi baloni yorilib ketishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan. Shu sababli Spark yo‘lning o‘ng chetidagi pastlikka ag‘darilib ketgan.
Haydovchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi kabi tan jarohatlari olib, tuman shifoxonasida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Navoiy viloyatining Karmana tumanida maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchragan va oqibatda 2 o‘quvchi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15