Surxondaryoda narkotikni ichki a’zolariga yashirib, chegaradan olib o‘tganlar ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida 1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddalarini ichki a’zolariga yashirgan fuqarolar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryoda o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1955 va 2001 yillarda tug‘ilgan 2 nafar Afg‘oniston fuqarosi Termiz xalqaro savdo markazida 1 kilogramm 76 gramm “opiy” moddasini shartli xaridorga 5 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, ular giyohvandlik vositalarini yashirin tarzda olib kelishda o‘z ichki a’zolaridan “jonli konteyner” sifatida foydalangan.

Hozirda holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga olib kirilgan 25 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing