Surxondaryoda chaqalog‘ini 80 million so‘mga pullayotgan ona qo‘lga olindi
3-sahifa
−
13 dekabr 2020
6958Surxondaryolik ayol 4 oy-u 28 kunlik qizini sotayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatning Jarqo‘rg‘on tumani “Yangiobod” mahalasida yashovchi uy bekasi 4 oy-u 28 kunlik qizini Termiz shahrida yashovchi 43 yoshdagi uy bekasiga 80 million so‘mga sotishga uringan.
U Termiz shahridagi “INDENIM” savdo markazi yonida Matiz rusumli avtomashina ichida 7 ming 500 dollar va 5 million so‘m pullarni olayotgan vaqtida IIB JQB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ayni paytda ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, xorazmlik 22 yoshli ayol o‘zining 4 oylik qiz farzandini 120 million so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi