Surxondaryoda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda haydovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Surxondaryoda 3 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 nafar haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Joriy yilning 2 yanvar kuni soat 23:20 da Sariosiyo tumani “Shabnam” mahallasidan o‘tgan yo‘lda Nexia mashinasi Spark bilan to‘qnashib ketgan. Spark avtomashinasi qattiq zarb kelib urilgani sababli qarama-qarshi tomondan kelayotgan Gentra avtomobiliga borib urilgan. 

Nexia avtomashinasi haydovchisi esa boshqaruvni yo‘qotib, ariqqa tushib ketgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia avtomashinasining haydovchisi vafot etgan.

Hodisaga haydovchining tezlikni oshirgani, oraliq masofani saqlamagani sabab bo‘lgan. Shuningdek, yo‘l sun’iy yoritish chiroqlari bilan jihozlanmagani aniqlangan.

Avvalroq, Surxondaryoda “Jiguli” va “Kamaz” to‘qnashishi oqibatida ayol va uning farzandi vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing