Superligaga qur’a tashlash marosimi sanasi o‘zgardi

Sport

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Coca Cola Superligasi uchun qur’a tashlash marosimi 10 fevral kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo ma’lum sabablar tufayli O‘zPFL qur’ani bir kunga kechiktirdi. 

Bungacha qur’a jarayoniga barcha klub vakillari taklif etib kelinayotgandi. Ammo hozirda Superliganing qator klublari xorijiy yig‘inida bo‘lib turibdi. Yanvar oyida futbolchilar asosan terma jamoalar bilan birga bo‘lishdi. Mavsumga oz qolayotganidan kelib chiqib, O‘zPFL klublarning tayyorgarlik jarayoniga bevosita ta’sir o‘tkazishni istamadi. 

Shuningdek, joriy mavsumdan boshlab futbol klublarining o‘z yillik smetasini O‘FA bilan kelishishi amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Unga qadar esa klublar o‘z futbolchilarini O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi. Buning natijasida futbol klublari o‘tgan yilning 6 dekabr sanasidan boshlab ochiq turgan transfer oynasi davomida roppa-rosa ikki oy yo‘qotishlariga to‘g‘ri keldi. Oldindagi 18 kun davomida ular barcha masalaga ulgurishlari talab etiladi. 

Shularni inobatga olib, Superliga qur’a marosimi telekanal orqali jonli efirga uzatiladi. Qur’a haqqoniy o‘tayotganini nazorat qilish uchun unga klublarning Toshkentda bo‘lib turgan bir qator vakillari ham taklif etiladi.

 

Shahboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing