Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining barcha o‘rinbosarlari “uchdi”
Jamiyat
−
23 noyabr 2022 8270 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining barcha o‘rinbosarlari lavozimidan ozod qilindi.
Hukumat qaroriga muvofiq:

• Rustamxon Kamolxonovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan;

• Aziz To‘lqinovchi G‘ofurov O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan;

• Aleksey Vadimovich Sim O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.
Ma’lumot uchun, Strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifasi tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o‘rganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli tarmoqlari va yo‘nalishlarini aniqlash hisoblanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025