“Star House”dan uy sotib olgan norozi mijozlar MCHJ rahbarini do‘pposladi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bir guruh fuqarolar “Star House” mas’uliyati cheklangan jamiyatining rahbari bilan janjallashdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Joriy yilning 13 iyun kuni taxminan soat 20:50 larda Chilonzor tumanining Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan “Star House” MCHJ ofisida shu tashkilot rahbari 1973 yilda tug‘ilgan B.M. hamda jamiyat tomonidan qurilgan uyni sotib olgan fuqarolar o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Fuqarolar ko‘p qavatli uyning kadastr hujjatlari chiqmayotgani hamda gaz ta’minoti ulanmayotgani sababli MCHJ rahbariyatiga e’tiroz bildirgan. Janjal oqibatida MCHJ rahbari B.M. “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi” va 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro O.U. “qorin qismida og‘riq” tashxisi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi bozorlardan birida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Star House

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar