Soyali Toshkent. Poytaxtni daraxtlar bilan o‘rab chiqish reja qilinyapti
Jamiyat
−
24 noyabr 2025 4215 2 daqiqa
Poytaxt Toshkentda daraxtlar sonini ko‘paytirish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va atmosfera havosini tozalash maqsadida “Yashil belbog‘” va “Yashil koridor” loyihalari amalga oshiriladi. Bu haqda so‘nggi vaqtlarda Toshkentda kuzatilayotgan ob-havo bo‘yicha QALAMPIR.UZ’ga yetib kelgan yopiq hujjatda so‘z borgan.
“Yashil belbog‘” loyihasi 2026 yilning 1 noyabrigacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, Jahon bankining “O‘zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash” loyihasi doirasida respublikaga ajratilayotgan mablag‘larning bir qismini Toshkent shahri “Yashil belbog‘i” loyihasiga yo‘naltiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 312,5 milliard so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, 2026 yilning bahor va kuz oylarida Toshkent shahrining 33 km uzunligidagi “Kichik halqa yo‘li” bo‘ylab “Yashil koridor” loyihasi amalga oshirilib, yo‘l bo‘yiga manzarali, atmosfera uchun foydali bo‘lgan daraxtlar ekiladi. Bu uchun Ekologiya jamg‘armasi mablag‘laridan har bir gektarga 1,5 millird so‘m mablag‘ ajratiladi.
2026 yilning oktyabr oyigacha qonunchilik bilan taqiqlanmagan mablag‘lar hisobiga Toshkent shahri, Bektemir tumani “Nurli yo‘l” MFY hududidagi 47 gektar yer maydonida yirik hajmli manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini yetishtirishga ixtisoslashtirilgan pitomnik tashkil etiladi.
2026 yilning noyabr oyigacha Toshkent shahrining “yashillik” darajasi past bo‘lgan kamida 25 ta ko‘chasida “Soyali sayr ko‘cha”lar tashkil qilinadi.
Toshkent shahri mahalliy byudjetidan 2026 yil 1 oktyabrga qadar Toshkent davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Loyihaning umumiy qiymati 16 milliard so‘m.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025