Solovyovning bayonoti ortidan Rossiya elchisi Armaniston TIVga chaqirildi

Olam

image

Bugun, 12 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining Armanistondagi elchisi Sergey Kopirkin mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va unga Vladimir Solovyovning bayonotlari bo‘yicha norozilik notasi topshirildi. Bu haqda Armaniston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “Novosti Armenia” xabar berdi.  

Armaniston tomonining qayd etishicha, bunday bayonotlar mamlakat suverenitetiga bo‘lgan qabul qilib bo‘lmas tajovuz, dushmanona harakat, Armaniston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarining asosiy tamoyillarini jiddiy buzishdir. 

“Rossiyaning Armanistondagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va unga davlat telekanali efirida yangragan bayonotlar munosabati bilan chuqur norozilikni ifodalovchi norozilik notasi topshirildi. Ushbu bayonot Armaniston Respublikasi suverenitetiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan tajovuz, dushmanona xatti-harakat ekani hamda Armaniston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning asosiy tamoyillarini qo‘pol ravishda buzishi ta’kidlandi”, deydi Armaniston TIV vakili Ani Badalyan.

Ma’lumki, rossiyalik teleboshlovchi va jurnalist Vladimir Solovyov nafaqat Armanistondagi, balki Markaziy Osiyodagi voqealarni ham Venesuela bilan taqqoslaganda, Rossiya uchun ko‘proq og‘riqli ekanligini aytgan edi.  

Uning fikricha, milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan, Rossiya “o‘z ta’sir zonasidagi” boshqa hududlarda ham xuddi Ukrainadagi kabi maxsus harbiy operatsiya (SVO)ni boshlashi mumkin. 

Hozircha Markaziy Osiyo mamlakatlaridan birontasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov Solovyovning mazkur gaplariga munosabat bildirib, uning gaplarini “safsata”, o‘zini esa “nusxa” deb atagandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Solov'yov bayonoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing