Sobiq hokimning noqonuniy yer sotishga aloqadorligi aniqlandi
3-sahifa
−
27 fevral 2024 14089 1 daqiqa
Sirdaryo viloyati Guliston tumani sobiq hokimi noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq jinoyatga aloqadorligi aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Guliston shahrida yashovchi, 1964 va 1976 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, hozirda Guliston tumani hokimiyati zaxirasida bo‘lgan 38 sotix yer maydonini tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga olib berish hamda ushbu yer maydonida ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun mansabdor tanishlari orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 300 ming AQSH dollari talab qilishgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular oldindan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga 2018-2021 yillarda Guliston tumani hokimi lavozimida ishlagan shaxs ham aloqador ekanligi aniqlandi.
Sarvar Xurramov
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust