Sirdaryoda Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilish niyatidagi mahbus aniqlandi
3-sahifa
−
07 mart 2022 7959 1 daqiqa
Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryoda 31 nafar mahkum bilan Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan mahbusni aniqladi.
O‘zbekiston Respublikasining turli viloyatlaridagi jazoni ijro etish manzil koloniyalarida saqlanayotgan 20 nafar mahkum va 11 nafar ozodlikda yurgan fuqaro bilan aloqada bo‘lib, buzg‘unchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullangan va kelajakda Suriyadagi jangarilar safiga chiqib ketishni rejalashtirgan mahbus aniqlandi.
1991 yilda tug‘ilgan P.S. avval “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotiga a’zoligi uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum etilib, 2020 yildan buyon Guliston tumanidagi manzil koloniyada jazo o‘tayotgan bo‘lgan. U o‘z qilmishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, pinhona ravishda boshqa mahkumlarga va ozodlikdagi tanishlariga ekstremistik va aqidaparastlik ruhidagi materiallarni tarqatib kelganligi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi DXX va IIV Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmalari hamkorligida prokuror sanksiyasiga asosan 31 nafar fuqaroning jazoni o‘tash va yashash manzillarida tezkor-tergov harakatlari amalga oshirilgan.
Aniqlangan ashyoviy dalillar va elektron tashuvchi moslamalarda saqlangan materiallarga asosan Jinoyat kodeksining 244 prim 1-moddasi 3-qismi “a, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr