Shomurodov gol urgan o‘yinda “Roma” yirik g‘alabani rasmiylashtirdi (video)

Sport

image

Italiya chempionatining 26-turida Rimning “Roma” klubi o‘z uyida “Monsa”ni qabul qildi va yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

E’tiborlisi, rimliklarning ikkinchi golini Eldor Shomurodov kiritdi. 32-daqiqada qanotdan Soul uzatgan to‘pni Shomurodov boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Shomurodovdan tashqari “bo‘rilar” safida Salimakers, Anlexino va Brayan Kristante gol urdi.

 

70-daqiqada Shomurodov zaxiraga olindi va uning o‘rniga Leandro Paredes bahsni davom ettirdi. 

Shunday qilib, “Roma” ochkolari sonini 40 taga yetkazib, 9-o‘ringa mustahkam joylashdi. A Seriyada turnir jadvalini Milanning “Inter” klubi boshqarmoqda. “Neradzurrilar” hisobida 57 ochko mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing